Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Xitoyning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  Joriy yilning 25-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoyning tibbiy texnologiyalar va dasturlar ishlab chiqaruvchi BIO-KEY kompaniyasi direktori Li Jenping hamda Guanjou (O‘zbekiston-Xitoy) biotibbiy sanoat texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti direktori Su Sinsin tashrif buyurdi.

  Mehmonlarni SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi. Tashrif doirasida tibbiy texnologiyalar ishlab chiqaruvchi BIO-KEY kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Xususan, molekulyar diagnostika hamda immunologi tadqiqotlarda hamkorlikda ish olib borish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

  Suhbat davomida hamkorlikning aniq yo‘l xaritasini ishlab chiqish orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.


SamDTU matbuot xizmati