Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Arm Wrestling bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, talaba-yoshlarni sportga qiziqtirish maqsadida doimiy ravishda sport musobaqalari, turnirlar tashkil etib kelinadi. Joriy yilning 18-aprel kuni ham talaba yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus” hamda “Talabalar ligasi” bahslari doirasida Arm Wrestling bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

  Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvlarda yigitlar turli vazn toifasida o‘zlarining kuchlarini sinab ko‘rdilar. Saralash natijalariga ko‘ra har bir vazn toifasidan g‘olib va sovrindorlar hamda mutlaq “Rektor kubogi” sohibi aniqlanib SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev tomonidan munosib taqdirlandilar.

  Tantanali taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan SamDTU rektori Jasur Rizayev tashkil etilgan mazkur turnirning sog‘lomlashtirish tadbirlari doirasida ekanligi hamda sog‘lik garovi bo‘lgan sportning har qanday turini keng targ‘ib qilish ijobiy samara berishi haqida so‘z yuritib, g‘oliblarni tabrikladi.


SamDTU matbuot xizmati