Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

  Joriy yilning 17-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi vakillari ishtirokida talabalar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniyev, Jamoat xizmati Internasional Yevropa Federatsiyasi (YeFPOO) yoshlar kengashi hamraisi Alina Tankelyun, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Farxodjon Xanapiyayev, Samarqand viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Suxrob Rafiqov hamda Sirdaryo, Jizzax, Surxandaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi raislari  ishtirok etdi.

  Uchrashuv davomida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi haqida talabalarga ma’lumotlar berilib, uyushmaning asosiy maqsad va vazifalari, faoliyatga doir qiziqarli ma’lumotlar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlar qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi faoliyatiga talaba yoshlarni ham bevosita jalb qilish borasida so‘z yuritilib, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

  Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan kitoblar taqdim etildi.


SamDTU matbuot xizmati