Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Raqamli moliyaviy savodxonlikka qaratilgan tadbir tashkil etildi

  Joriy yilning 8-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida  "Umumjahon pul haftaligi"  doirasida talaba-yoshlarni moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan tadbirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti volontyorlari tomonidan bugungi kunda bank kartalaridan foydalanish, pul o‘tkazmalarini to‘g‘ri bajarish va boshqa bir qator moliyaviy operatsiyalar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, yoshlarning moliyaviy jihatdan firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmasliklari, turli Telegram kanallar tomonidan kelgan xabarlarga aldanib karta raqamlarini bermasliklari lozimligi uqtirildi.

  Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.



SamDTU matbuot xizmati