Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

  Joriy yilning 6-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Kun munosabati bilan Samarqand hamda So‘zangaron Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari SamDTUga tashrif buyurdilar.

  Texnikum o‘quvchilari universitetning yangi o‘quv binosi va unda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim tizimi va o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tashrif doirasida texnikumlar o‘quvchilari universitet qoshidagi simulyatsion markazga ham tashrif buyurib, markaz faoliyati va bevosita simulyatsion robot va texnologiyalar vositasida bajariladigan amaliyot jarayonlarining guvohi bo‘ldilar.

  Shuningdek, universitet tarixini o‘zida mujassam etgan muzeyga ham sayohat tashkil etilib, Samarqand davlat tibbiyot universiteti tarixi va buguni haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashildi.





SamDTU matbuot xizmati