Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​SamDTUda kursantlar faoliyati tahlil qilindi

  Joriy yilning 30-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti malaka oshirish kurslarida tahsil olib kelayotgan kursantlar faoliyati tahliliga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda SamDTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.S. Kubayev va Klinik laborator diagnostika va DKTF klinik laborator diagnostika kursi bilan kafedrasi mudiri F.A. Daminov hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri A.N.Maxmudovalar ishtirok etdi.

  Uchrashuv davomida Klinik laborator diagnostika va DKTF klinik laborator diagnostika kursi bilan kafedrasi kursantlarining faoliyati tahlil qilinib, ularning o‘quv va ilmiy faoliyatlariga doir fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yig‘ilishda kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan murojaat qilib, atroflicha javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU matbuot xizmati