Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Tibbiyot uchun birlashaylik mavzusida ochiq suhbat tashkil etildi

  Joriy yilning 27-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar uchun Oslo universiteti associate professori, xalqaro toifadagi ko‘z shifokori Behzod Toshbayev bilan “Tibbiyot uchun birlashaylik” mavzusida ochiq suhbat tashkil etildi. Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan online suhbatda Behzod Toshbayev o‘zining bugungi kundagi Yevropadagi shifokorlik faoliyati, bosib o‘tgan yo‘li hamda erishgan yutuqlari haqida gapirib o‘tdi.

  Shuningdek, xorijda ta’lim va self-study qilish haqida, yengilliklar, imkoniyatlar va qiyinchiliklar haqida ham to‘xtalib, kerakli tavsiyalar bildirildi. Suhbat davomida hozirda tibbiyot talabalari va shifokorlarning chet tiliga bo‘lgan ehtiyojlari, Yevropada tibbiyot qay darajada rivojlanganligi, hamda Yevropa davlatlarida shifokorlik Iitsenziyasini qanday olish mumkinligi haqida ham tushunchalar berib o‘tildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU matbuot xizmati