Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Jamoat salomatligi texnikumida bioetika va tibbiyot masalalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

  15-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy pedagogika, xalq tabobati va oliy hamshiralik ishi fakulteti “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent A.N.Maxmudova tomonidan Abu Ali Ibn Sing nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun “Bioetika” fanidan mahorat darslarini o‘tkazdilar.

  Mashg‘ulotda zamonaviy bioetikaning dolzarb masalalari, tibbiyot va bioetikaning o‘zaro bog‘liqligi, hozirgi sog‘liqni saqlash sohasi uchun dolzarb tibbiy deontologiya muammolari keng ochib berildi.

  Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari berilgan barcha savollarga javoblar oldilar va o‘tkazilgan mazmunli dars mashg‘uloti uchun o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirdilar.

SamDTU matbuot xizmati