Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Talabalar bilan kichik serjantlar maktabiga sayohat uyushtirildi

  Joriy yilning 15-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida ona yutga bo’lgan muhabbatni yanada oshirish maqsadida SamDTU II bo’lim tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikiasi Mudofaa Vazirligiga qarashli Samarqand viloyat kichik mutaxassislar tayyorlash markaziga tashrif amalga oshirildi.

  Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi xodimlari hamda Tibbiy biologiya fakulteti II bosqich talabalari bilan Samarqand viloyat kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Talabalar markazdagi o’quv va amaliy mashg’ulotlar bilan yaqindan tanishdilar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

SamDTU matbuot xizmati