Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol!

  Nafosat, sadoqat va matonat ramzi boʻlmish munis opa-singillarimiz, onalarimizning borligi biz uchun ulkan baxt desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Koʻklamning ilk kunlarida aziz ayollarimizning bayramini nishonlashimiz ham bejiz emas. Zero ayollar hayotning bahoridir!

  Har yili 8-mart butun dunyoda, shu jumladan yurtimizda ham keng nishonlanib, nozik xilqat egalari eʼzozlanadi. Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan katta bayramona konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda soʻzga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev kirib kelayotgan bayram bilan barcha opa-singillarimizni tabriklab, ularga mustahkam sogʻlik, omad va baxt hamisha yor boʻlishini tiladi. Shuningdek, universitetda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar hamda xodimlar bayram munosabati bilan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

  Bayramona tarzda kechgan tadbir konsert dasturiga ulanib ketdi. Xushovoz xonandalar Xusan, Ruxshona hamda Umida Yarmuhamedovalar ijrosidagi betakror kuy va qoʻshiqlar va universitet talabalari tomonidan tayyorlangan chiqishlar yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.



SamDTU matbuot xizmati