Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitetda ayol oʻqituvchilar oʻrtasida musobaqa tashkil etildi

    8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti ayol oʻqituvchilar oʻrtasida “Sogʻlom tanda sifatli taʼlim” shiori ostida “Quvnoq startlar” musobaqasi oʻtkazildi.

    SamDTU Kasaba uyushma qoʻmitasi, xotin-qizlar kengashi hamda sport klubi tashabbusi bilan tashkil etilgan bellashuvlarda jamoalar basketbol hamda futbol toʻpi bilan harakatlanish, raketkada toʻpni belgilangan manzilga yetkazish hamda jamoaviy arqon tortish boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.

    Qiziqarli va murosasiz kechgan belashuvlarda gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Natijalarga koʻra universitetning ayol professor-oʻqituvchilari hamda xodimlaridan tashkil topgan “Rektorat” jamoasi III oʻrin, “Tibbiy pedagogika” jamoasi II oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, umumjamoa hisobida “Farmatsiya” jamoasi mutlaq gʻolib deb topildi.


SamDTU matbuot xizmati