Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Universitetda “Art day” sanʼat koʻrgazmasi oʻtkazildi

    Joriy yilning 5-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Universitet psixologi D.Djurayeva hamda Tibbiy profilaktika fakulteti tashabbusi bilan “Art day” sanʼat koʻrgazmasi oʻtkazildi.

    Koʻrgazmada talabalar betakror sanʼat namunalaridan bahramand boʻlish bilan bir qatorda oʻzlarining rassomlik iqtidorlarini sinab koʻrish imkoniyatiga ham ega boʻldilar. Shuningdek, psixolog D.Djurayeva koʻmagida talabalar oʻzlari chizgan va rang bergan suratlar orqali psixologik holatlari va xarakterlari haqida ham qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

    Kreativ kayfiyatda oʻtgan “Art day” sanʼat koʻrgazmasi talabalar uchun esda qolarli boʻldi.


SamDTU matbuot xizmati