Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi direktori tashrif buyurdi

    Joriy yilning 1-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi direktori Xabibulla Akilov tashrif buyurdi. Mehmonni SamDTU rektori Jasur Rizayev kutib oldi.

    Tashrif doirasida Xabibulla Akilov Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi oʻquv binosi va yaratilgan sharoitlar, oʻquv xonalari va taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, universitetda tibbiy xodimlarga yaratilgan imkoniyatlarni koʻzdan kechirib, muloqot oʻtkazdi.

    Tashrif davomida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi direktori Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshida tashkil etilgan Simulyatsion markaz faoliyati, markazning yuqori texnologiyali tibbiy jihozlar bilan taʼminlanganligi hamda talabalarning bevosita amaliy darslari bilan tanishib, oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.

    Shuningdek, universitet tarixi muzeyiga ham sayohat uyushtirilib, Samarqand davlat tibbiyot universitetining tarixi, rivojlanishi va bugungi kundagi faoliyati haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

SamDTU matbuot xizmati