Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​SamDTU da talabalar uchun bepul Koreys tili kursi ochildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari hamda xorijiy tillarni puxta oʻrganishlariga koʻmaklashish maqsadida turli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

  Jumladan, kuni kecha universitet tillar kafedrasida Koreys tiliga qiziquvchi va uni oʻrganish istagida boʻlgan talabalar uchun bepul kurs tashkil etildi. Oʻquv kursining dastlabki yigʻilishida SamDTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori A.Kubayev ham ishtirok etib, tashkil etilgan toʻgarakning ahamiyati haqida soʻzladi. Talabalarni yaratilgan bunday imkoniyatdan unumli foydalanishga chaqirdi.

  Eslatib oʻtamiz, toʻgarakning dars mashgʻulotlari haftada ikki marotaba: seshanba va payshanba kunlari universitet yangi binosining toʻrtinchi qavatida boʻlib oʻtadi.



SamDTU matbuot xizmati