Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​Xalqaro taʼlim fakulteti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

      Samarqand davlat tibbiyot universitetida nafaqat Respublikamiz, balki, turli davlatlardan ikki mingdan ortiq xorijlik talabalar ham taʼlim olib kelmoqda. Xususan, ular orasida Hindiston hamda Pokistonlik talabalar koʻpchilikni tashkil etadi.

      Joriy yilning 13-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining Xalqaro taʼlim fakulteti dekani S.Mamaradjabov boshchiligida o'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga diplomlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Tantanali tadbirda universitet rektori Jasur Rizayev ham ishtirok etib, talabalarga diplomlarini topshirdi hamda ularning keyingi faoliyatlarida omadlar tiladi.

      Shuningdek, xorijlik bitiruvchi talabalar oʻz taassurotlari va xursandchiliklarini baham koʻrib, universitet maʼmuriyatiga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.



    SamDTU matbuot xizmati