Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​SamDTU nevrologlari va neyroxirurglari Birlashgan Arab Amirliklarining IX Xalqaro Neyroxirurglar Konferensiyasida ishtirok etdi

      Samarqand davlat tibbiyot universiteti davolash ishlari prorektori, Koʻp tarmoqli klinikasi bosh vrachi, t.f.d., professor, N.N.Abdulleva rahbarligida Neyroxirurgiya kafedrasining professor-oʻqituvchilari, klinik ordinatorlari va “Yosh neyroxirurglar” talabalar ilmiy jamiyati faol aʼzolari 2024-yil 30-yanvardan 4-fevralga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida oʻtkazilgan BAA neyroxirurglarining IX-xalqaro konferensiyasida va undagi oʻquv-amaliy kurslarida qatnashdilar. Delegatsiya tarkibida kafedra assistentlari  D.M.Ravshanov, K.J.Saidov, 2 nafar klinik ordinator hamda 5 nafar universitetning faol talabalari ham ishtirok etdilar.

      Kongress dasturida jahondagi yetakchi neyroxirurg-professorlar, neyroxirurgiya sohasining mashhur vakillari qatorida SamDTU delegatsiyasi vakillari ham maʼruzalar bilan faol qatnashishdi. Jahondagi yetakchi neyroxirurglar tomonidan tashkil etilgan oʻquv-amaliy kurslarida, master-klass operatsiyalarida ishtirok etib malaka oshirdilar.

      Bundan tashqari delegatsiyamiz kongressda tashkil etilgan , “UTT yordamida periferik nervlar faoliyatini tekshirish” kabi amaliy trening-oʻquv kurslarida qatnashib xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishdi.

      Kongressda SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi va uning qoshidagi “Yosh neyroxirurglar” talabalar ilmiy jamiyati “Xalqaro neyroxirurglar jamiyati jamiyati” bilan ilmiy va amaliy hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.


    SamDTU matbuot xizmati