×
Menu
Close Menu

​SamDTU da “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mohiyatiga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi

  Keyingi yillarda yurtimizda har sohada keng koʻlamli oʻzgarish va rivojlanishlar yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Bular esa davlatimizning oqilona taraqqiyot yoʻlidan ketayotganining oʻziga xos dalili boʻla oladi. Jumladan, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ham mana shunday ustuvor ishlardan biri hisoblanadi.

  Joriy yilning 7-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi vakillari ishtirokida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mohiyatiga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi va viloyat hokimligining “Ovozi Samarqand” gazetasi bosh muharriri, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Raxmanov Baxodir Ubaydulloyevich, OʻzLiDeP Samarqand shahar Kengashi-apparat rahbari, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Gʻaybullayev Fazliddin Abdig'afurovich, universitet rahbariyati, tyutor va talabalar ishtirok etdi.

  Uchrashuvda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining qabul qilinishi, uning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida soʻz yuritilib, talabalarga kerakli maʼlumotlar berildi. Shuningdek, strategiyaning asosiy gʻoyalari haqida talabalar bilan suhbat tashkil etildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

  Bundan tashqari talabalarga partiyalar hamda Xalq deputatlari kengashi faoliyati haqida ham maʼlumotlar berildi.


SamDTU matbuot xizmati