Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​SamDTU huzuridagi Akademik litsey oʻquvchilari uchun mahorat darsi oʻtildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, dots. A.N.Maxmudova rahbarligida Akademik litseyda navbatdagi mahorat darslari oʻtkazildi.

  Mashgʻulotlarda ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi oʻqituvchilari dotsent A.N.Maxmudova, ass. X.Boymirzayeva va G.Mardiyeva tomonidan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishda “Taraqqiyot strategiyasiʼʼ hamda “Oʻzbekiston – 2030” Strategiyasini mazmun-mohiyati va ahamiyati, bu muhim dasturlardan kelib chiqadigan vazifalar, taʼlim-tarbiya sohasidagi soʻnggi yangiliklar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

  Darsda faol ishtirok etgan litsey oʻquvchilari va oʻqituvchilari barcha berilgan savollariga batafsil javoblarni oldilar.


SamDTU matbuot xizmati