Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​Diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurash doirasida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi

      11-yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Farmatsiya fakulteti talabalari bilan birgalikda diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurash tadbirlari doirasida “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida suhbat tashkil etildi. Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi Elyorbek Aripov hamda Farmatsiya fakulteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Djurayev Botir Abdusalyamovich talabalarga mavzu boʻyicha kerakli maʼlumotlarni berdilar.

      Diniy ekstrimizm hamda terrorizmning davlat va jamiyat hayotiga salbiy taʼsiri, uning ayanchli oqibatlari haqida gapirilib, bunday illatlardan uzoq yurishga chaqirildi. Bugungi kunda jahonning ayrim mamlakatlarida kuzatilayotgan notinchliklar va parokandaliklar haqida soʻz yuritilib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirildi.

      Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.



    SamDTU matbuot xizmati