×
Menu
Close Menu

​SamDTUda harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida tadbir oʻtkazildi

  14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida keng doiradagi tadbir tashkil etildi. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Samarqand viloyati 526-safarbarlik chaqiruv rezervi, 75061, 37239, 95659 harbiy qismlari, Samarqand viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, Qurolli kuchlar markaziy harbiy okrugi, Qurolli kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasi hamda Mudofaa vazirligi Sanitariya epidemiologiya nazorati markazi Samarqand viloyat boʻlimi xodimlari ishtirok etdi.

  Tadbir doirasida yigʻilish tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilishi hamda armiyamizning bugungi salohiyati haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi vakillari tomonidan talabalarga akademiyaning tarixi, faoliyati hamda unda yaratilgan imkoniyatlar va talabalarga beriladigan imtiyozlar haqida maʼlumotlar berildi. Harbiy tibbiy akademiya kafedra boshlig'i podpolkovnik Qutliyev Jamshid Amonboyevich Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga hujjat topshirish va oʻqish tartibi va Bakalavriyat, Harbiy internatura, Klinik ordinatura, Magistratura, Doktorantura taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari haqida taqlabalarga ma'lumotlar berdi.  Akademiyada oʻqish istagida boʻlgan talabalar bilan suhbatlar tashkil etildi.

  Tadbirning bayramona ruhda oʻtgan amaliy qismida talabalarga mehmonlar tomonidan tayyorlangan harbiy chiqishlar, mashgʻulotlardan namunalar, qiziqarli harbiy namoyishlar hamda qurol yaroqlar ko'rgazmasi taqdim etildi.

  Tashkil etilgan tadbir talabalar oʻrtasida armiyamiz kuch qudratini toʻla qonli anglash, u bilan faxrlanish hamda yuksak vatanparvarlik hissini uygʻotdi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.



SamDTU matbuot xizmati