Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

  Joriy yilning 7-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bagʻishlab tadbir tashkil etildi. Tadbirda SamDTU Stomatologiya fakulteti dekani A.Axmedov, Samarqand shahar prokuraturasi katta leytenanti X.O.Komilovich, SamDTU rektori maslahatchisi A.E.Alimovich, universitet profilaktika inspektori O. Eshmurotov, tyutor va talabalar ishtirok etdi.

  Tadbirda soʻzga chiqqanlar yigʻilganlarga Oʻzbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, asosiy prinsiplari davlat, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari, burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalarihaqida tushunchalar berib oʻtdi. Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar namoyish etildi.

SamDTU matbuot xizmati