Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda

  1-dekabr – Xalqaro OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)ga qarshi kurashish kuni sifatida belgilangan.  Sana munosabati bilan joylarda bir qator profilaktik va davra suhbatlari tashkil etib kelinadi. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham talabalar bilan doimiy ravishda davra suhbatlari, turli tadbirlar o’tkazilmoqda. 

  Xususan, joriy oy yakuni davomida universitetning bir qancha fakultetlarida OITSga qarshi kurashish chora tadbirlari doirasidagi uchrashuvlar  tashkil etildi. Davra suhbatlarida mutaxassislar tomonidan OIV va OITS tushunchalari, bu kasalliklarning kelib chiqishi, yuqish hamda rivojlanish omillari haqida talabalarga maʼlumotlar berib oʻtildi. Shuningdek, bugungi kunda jahonning eng global muammosiga aylangan va haligacha toʻliq davosi topilmagan OITS kasalligining oldini olish, unga qarshi kurashish chora tadbirlari haqida ham soʻz yuritilib, mavzu yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

SamDTU matbuot xizmati