Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Oʻzbekiston-Belarus” tibbiyot forumi

 Ayni kunlarda Belorus Respublikasida “Oʻzbekiston-Belarus sogʻliqni saqlash va tibbiyot taʼlimi kunlari” tibbiyot forumi bo’lib o’tmoqda. 27-29-noyabr kunlari davom etishi rejalashtirilgan xalqaro forum doirasida diagnostika va reabilitatsiya, onkologiya, kardiologiya va kardiojarrohlik, onalik va bolalik, transplantologiya, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, tibbiy ta’lim kabi mavzularda 8 ta sho’ba yig‘ilishi o‘tkazilishi ko’zda tutilgan. 

  Sho’ba yig‘ilishlarida ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qilish rejalashtirilgan. Sektor yig‘ilishlarining asosiy maqsadi O‘zbekiston hamda Belarus Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlarini namoyish etish, Ikki davlat tibbiy muassasalari va xususiy korxonalari uchun yangi takliflar kiritishdan iborat.

  O’zbekiston va Belorus Respublikasidan 200 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etayotgan forumda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev ham ishtirok etmoqda. Forumning ochilish marosimi va “Oʻzbekiston-Belarus sogʻliqni saqlash va tibbiy taʼlimi sohasidagi hamkorlik” mavzusidagi yalpi majlis boʻlib oʻtdi.  Forum doirasida ikki davlat tibbiyoti o’rtasida bir qator hamkorlik aloqalarini o’rnatish rejalashtirilgan.




SamDTU matubot xizmati