×
Menu
Close Menu

18-noyabr – O'zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog'i tog'risida"gi qonuni qabul qilingan kun

  Bu yil davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri - O'zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog'i tog'risida"gi qonuni qabul qilinganligiga 32 yil to'ldi. 1991 yil18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog'i davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlaridaO'zbekiston davlati borliginini anglatadi va o'zida milliy - madaniy an'analarimizni mujassamlashtiradi.

  Sana munosabat bilan Samarqand davlat tibiyot universitetining 3-son Talabalar turar joyidaTibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti talabalari tomonidan "Bayrog'im – iftixorim, g`ururim" mavzusidagitadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekisyon Respublikasining davlat bayrog’ qabul qilinish tarixi haqida ma’lumotlar berib o’tildi.

  Shuningdek, talabalar bayrog'imiz o'zida butun O'zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari,  g'ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo'stlikni mujassam etganligini,  davlat ramzi hamisha muqaddas va ulug' sanalishini,  chunki u  xalqning o'tmishi, buguni va kelajagini o'zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsoli ekanligini,davlatimiz bayrog'i  tinch va osoyishta, ozod hamda  erkin hayotimz, yorug'kelajagimizga bo'lgan ishonchimiz timsoli ekanligini  o’z chiqishlari orqali yig’ilganlarga namoyish etdilar.

SamDTU matbuot xizmati