Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Giyohvandlik va kuchli psixotrop dori vositalarining noqonuniy tarqalishini oldini olishga qaratilgan tadbir tashkil etildi

  Joriy yilning noyabr oyi davomida mamlakatimiz bo’ylab “Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tadbirlari” davom etmoqda. Oylik davomida joylarda tadbir va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

  Jumladan 13-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida oylik doirasida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tezkor-qidiruv departamenti, jinoyat qidiruv xizmati xodimlari bilan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.

  Tadbir davomida giyohvandlik va giyohvand moddalar, narkotik, psixotrop vositalar haqida maʼlumotlar berilib, giyohvand moddalar taʼsiriga tushib qolish omillari, jarayonlari hamda oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berib oʻtildi.


SamDTU matbuot xizmati