Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida tadbir tashkil etildi

  Mamlakatimiz milliy siyosatining eng muhim, ustuvor yoʻnalishlaridan biri barcha millatlarning ravnaqi uchun teng sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirishdir. Bu tamoyil qomusimiz orqali ham mustahkamlab qoʻyilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tashabbusi bilanXalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab mamlakatimizdaBagʻrikenglik haftaligioʻtkazilmoqda.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida bugungi kunda koʻplab xorijiy talabalar taʼlim olib kelmoqdalar. Joriy yilning 3-noyabr kuniXalqaro taʼlimfakulteti talaba-yoshlari bilanBagʻrikenglik haftaligidoirasida doʻstona bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda SamDTU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Aminov Zafar Zoirovich, Xalqaro taʼlim fakulteti dekani Mamarajabov Sobirjon Ergashovich, Md House kompaniyasi rahbari Sunil Sharma hamda hindistonlik talabalar ishtirok etishdi.


SamDTU matbuot xizmati