×
Menu
Close Menu

Akademik mobillik doirasida seminar boʻlib oʻtdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bir qator xorijiy davlatlar tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda akademik mobillikni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan joriy yilning 27-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Boshqirdiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori. prof. T.V.Viktorova va Belarus davlat tibbiyot universitetining tibbiy genetika kafedrasi professori, Belarus Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan shifokor, tibbiyot fanlari doktori. S.Sh.Murzabaevalar tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida akademiki mobillik doirasida “Inson genomi va shaxsiylashtirilgan tibbiyot” mavzusida oʻquv-ilmiy seminar tashkil etildi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti “FPDO klinik-laborator diagnostikasi va klinik-laborator diagnostikasi kursi” kafedrasida boʻlib oʻtgan seminarda irsiy patologiyaning oldini olishning zamonaviy yondashuvlari va JRA bilan kasallangan bemorlarning genetik tahlili haqida va boshqa dolzarb masallar haqida soʻz yuritildi.

  Shuningdek, seminar davomida universitetlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.


SamDTU matbuot xizmati