Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​SamDTU xodimlari oʻrtasida sport musobaqalariga start berildi

  Oʻzbekiston kasaba uyushmalari hamda tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi hamda sportni targʻib qilish maqsadida 27-31-oktyabr kunlari sport musobaqalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

  Bugun xodimlar oʻrtasidagi mazkur musobaqaga start berildi. Ochilishda soʻzga chiqqanlar yaqinlashib kelayotgan bayram bilan barchani tabriklab, sport musobaqalarida xodimlarga omad tiladilar. Musobaqalarning dastlabki kunida SamDTU oʻqituvchilari hamda xodimlari shaxmat sport turi boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Musobaqalar 31-oktyabrga davom etishi rejalashtirilgan


SamDTU matbuot xizmati