Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

“Til – millat koʻzgusi” nomli tadbir oʻtkazildi

  21-oktyabr oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun  munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash fakulteti talabalari tomonidan “Til – millat koʻzgusi” nomli tadbir tashkil etildi.

  Tadbirda SamDTU professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar. Ona tilimizning tarixi, kelib chiqishi va rivoji haqidagi qiziqarli maʼlumotlar tinglandi. Shuningdek, Tilimiz rivojiga hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlarimiz xotirasi yod etilib, oʻzbek tilini asrab-avaylash va uning rivoji yoʻlida xizmat qilish har bir insonning burchi ekani taʼkidlandi.  Tadbirda SamDTU  Oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili bilan fanlar kafedrasi mudiri Shaxlo Obloberdievna oʻzbek tili qonunining qabul qilinishi, milliy va maʼnaviy ahamiyati haqida talabalarga tushunchalar berib o'tdi. 


SamDTU matbuot xizmati