Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​SamDTU rektori xalqaro anjumanda nutq soʻzladi

  2023-yil 20-21 iyun kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev  Sankt-Peterburg stomatologiya Assotsiatsiyasining 30 yilligiga bagʻishlangan “Shimoliy poytaxt stomatologiyasi: fan, taʼlim, amaliyoti” X xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.

  Assotsiatsiyaning yubiley konferensiyasi stomatologiyaning dolzarb muammolari, raqamli stomatologiyada kasalliklarni davolash va oldini olishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollariga bagʻishlandi. Shuningdek, “Shimoliy poytaxt stomatologiyasi: fan, taʼlim, amaliyot” X konferensiyasida SamDTU rektori, Jasur  Rizayev “Oʻzbekiston Respublikasi stomatologiyasi tarixi va rivojlanishining istiqbollari” mavzusida maʼruza qildi.




SamDTU Matbuot xizmati