Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Pediatriya fakulteti dekan kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi

  2023-yil 20-iyun kuni SamDTU 1-talabalar turar joyida Yoshlar oyligi doirasi “BILIM VA TAFAKKURIMIZ — SHU EL UCHUN, SHU YURT UCHUN” shiori ostida Pediatriya fakulteti va Pediatriya fakultetiga qarashli Xirurgik kasalliklar kafedrasi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual oʻyinlari boʻyicha dekan kubogi, talaba qizlar oʻrtasida “Karving” sanʼati boʻyicha bellashuv, sportning tennis, shaxmat turlari boʻyicha musobaqalar tashkillashtirildi.

  Zakovat oʻyinda fakultetning barcha bosqich talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi. Bellashuvlarda 1, 2, 3 oʻrinni egallagan jamoalar, Karving boʻyicha mahoratini koʻrsatgan talaba qizlar va boshqa yoʻnalishlarda faol talabalar faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.



SamDTU Matbuot xizmati