Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU magistratura bitiruvchilarini dissertatsiya himoyalari boshlandi

  15 iyundan boshlab Samarqand davlat tibbiyot universitetining magistratura rezidentlarini dissertatsiya himoyalari boʻlib oʻtmoqda.

  Magistratura bitiruvchilari uch yil davomida olib borgan izlanishlarini baholash maqsadida Toshkent davlat stomatologiya instituti bolalar yuz-jagʻ xirurgiyasi kafedrasi professori, t.f.d. D.M. Dustmuxammedov, universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Shuxrat Ziyadullayev, Magistratura boʻlimi dekani Alisher Xazratov hamda tegishli ixtisosliklar boʻyicha universitetni yetakchi professor-oʻqituvchilari qatnashdi.

  Tayyorlangan dissertatsiya ishlarini aksariyati yuqori baholandi, ularga taʼlimni keyingi bosqichlariga oʻqishlarini davom ettirish tavsiya etildi.

  Maʼlumot oʻrnida, SamDTUni 2022-2023 yilda 24 yoʻnalishda 168 talaba bitirmoqda.



SamDTU matbuot xizmati