Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUni “Ibn Sino izdoshlari” teatr truppasini spektakli viloyat musiqali drama teatrida namoyish etildi

  9 iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiniIbn Sino izdoshlariteatr truppasi tomonidan Samarqand viloyati musiqali drama teatrida Tunjar JujanningKoʻchkispektakli namoyish etildi. Spektakl namoyishida SamDTU professor oʻqituvchilari, ishchi xodimlari, talabalari, Samarqand sh. jamoatchiligini vakillari ishtirok etdilar.

  Eslatamiz, may oyida oliy taʼlim yurtlari oʻrtasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar Ittifoqi hamkorligida tashkil etilganTalabalar teatr studiyalaritanlovida SamDTUning Ibn Sino izdoshlari jamoasiKoʻchkidramasiga ishlangan spektakl bilan ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

  Universitet teatr truppasining ilk mustaqil chiqishlari barchaga manzur boʻldi, tomoshabinlar spektaklni guldurosi qarsaklar bilan kutib oldilar.

  Namoyishdan soʻng, SamDTU rektori Jasur Rizayev jamoa haqida iliq fikrlar aytdilar, “Ibn Sino izdoshlaritalabalar teatr truppasining aʼzolariga minnatdorchiliklar bildirib keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladilar.






SamDTU matbuot xizmati