Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Payariq tibbiyot kolleji oʻqituvchilari uchun uslubiy seminar

  3-iyun kuni Payariq tibbiyot kollejining 2-kurs oʻquvchilari va til oʻqituvchilari Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif universitetningOʻzbek tili va adabiyoti rus tili bilankafedrasi mudiri, PhD Sh.O.Jamaldinova tashabbusi bilan tashkil etildi.

  Kollej oʻquvchilari universitetning laboratoriyalari, axborot-resurs markazi, universitet tarixi va anatomik muzeylariga tashrif buyurishdi. Shuningdek, ekskursiya davomida talabalar Pirogovning interfaol anatomik stolini koʻzdan kechirdilar, bu esa oʻquvchilarga anatomiya va fiziologiyaning nozik jihatlarini oʻrganishga innovatsion ishlanma hisoblanadi.

  Tashrif doirasida rus tili kafedrasi oʻqituvchilari N.D.Irbutayeva va G.Xamrayevalar tomonidan kollej oʻqituvchilari uchunRus tili darslarida ijodiy fikrlashni rivojlantirishmavzusida uslubiy-amaliy seminar oʻtkazildi. Kollej oʻqituvchilari universitet oʻqituvchilari ishlarini koʻrib chiqish, darsning tafsilotlarini toʻldirish va muhokama qilish, oʻquv ishlarining qiziqarli shakllari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.

  Mazkur tashrif SamDTUOʻzbek tili va adabiyoti rus tili bilankafedrasi va Payariq tibbiyot kollejini umum kasbiy fanlar kafedrasi bilanMening kelajagim kasbimloyihasini ijrosi doirasida oʻtkazildi.



SamDTU matbuot xizmati