Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda ilmiy nashrlarni zamonaviy talablari boʻyicha seminar

  2 may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi binosini majlislar zalida professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va izlanuvchilar ishtirokida nashriyot faolligini oshirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

  Seminarni ochgan universitet Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi A.A.Kim seminarning dolzarbligini taʼkidlab, universitet reytingini oshirishda universitet xodimlarining ilmiy ishlari muhimligini taʼkidladi. Seminarda Taʼlim, fan va innovatsiyalar akademiyasi direktori, “Research Focusxalqaro ilmiy jurnali bosh muharriri Sardorjon Saloidinov maʼruzachi sifatida ishtirok etdi. Mahorat darsi davomida, maʼruzachi ilmiy jurnallar va maʼlumotlar bazalari bilan ishlash, Scopus maʼlumotlar bazasiga kiritilgan jurnallarda ilmiy maqolalarni tayyorlash va rasmiylashtirish xususiyatlarini batafsil tushuntirib berdi hamdayirtqichjurnallarni aniqlash usullariga alohida toʻxtalib oʻtdi.

  Seminar ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi, maʼruzachi ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollar boʻyicha atroflicha tushuntirishlar berdi.




SamDTU matbuot xizmati