Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Ye.V. Borovskiy nomidagi Stomatologiya institutida (Sechenov universiteti) "XII Ma’ruzachilar Kuni" o’tkazildi

  I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetini Ye.V.Borovskiy nomidagi Stomatologiya institutida “XII Ma’ruzachilar Kuni” o’tkazildi. Tadbirda Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarini etakchi stomatolog olimlari ishtirok etdilar. Xalqaro master-klassda Samarqand davlat tibbiyot universitetining stomatologiya fakulteti kafedralari vakillari ham faol ishtirok etdilar.

  Xalqaro ilmiy tadbir doirasida SamDTU stomatologiya fakulteti dekani, ortopedik stomatologiya kafedrasi mudiri dos. Axmedov A.A. “Yuz jag’ sohasi o’sitmalari epidemiologiya va molekulyar biologik xususiyatlari, tuzatish usullari, davolash va prognozlash”, bolalar stomatologiyasi kafedra mudiri Rahimberdiev R.A. “Boshlang'ich maktab yoshidagi bolalarda tish kariyesini tashxisi va davolashini xususiyatlari”, terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri, t.f.d. Zoirov T.E. “Endodontal-faodontal shikastlanish davolash usullarini takomillashtirish” mavzularida mu’ruzalar qildilar. SamDTU vakillarining chiqishlari xalqaro master-klass tashkilotchilari va ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

  Shuningdek, SamDTU vakillari, E.V. Borovskiy nomidagi stomatologiya institutiga tashrif doirasida o'quv jarayonning tashkil qilishini bilan tanishib chiqdilar hamda ilmiy aloqalarni faollashtirish bo’yicha muzokaralar olib bordilar.


SamDTU matbuot xizmati