Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU 1-son TTJda “Mehr, saxovat, muruvvat va magʻfirat oyi” uchrashuvi oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son TTJda xotin kengashi faollari va urologiya kafedrasi tomonidan talaba-qizlar ishtirokida “Mehr, saxovat, muruvvat va magʻfirat oyi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan milliy qadriyatlar, Ramazon oyining mohiyati, mehrli, saxovatli, muruvvatli, kechirimli boʻlish kabi insoniy fazilatlar, oʻzaro hurmat, eʼtibor, hamjihatlilikning afzalliklarini keng targʻib qilish masalalari muhokama qilindi, barcha talabalar ulugʻ ayyom bilan muborakbod etishib, ezgu tilaklar izhor qilishdi.

  Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan talaba-qizlarga hamda TTJ xoʻjalik ishlari boʻyicha kichik xodimlariga bayram tuhfalari ulashildi.


SamDTU matbuot xizmati