Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitet faxriylarini talaba-yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari hamda xodimlari ishtirokida oliygohda uzoq yillar samarali faoliyat koʻrsatgan faxriy professor-oʻqituvchilar bilan uchrashuv tadbiri tashkil etildi. “Uch avlod uchrashuvi”da I-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibi Yaxshinor Allayorov hamda “Doʻstlik” ordeni sohibi Abdurahmon Mamadaliyevlar ishtirok etdilar.

  Ustozlar oʻzlarining ilmiy faoliyati hamda erishgan yutuqlarini baham koʻrish barobarida bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida soʻz yuritdilar. Oʻz hayot yoʻllaridan misollar keltirib talaba yoshlarga motivatsiya bera oldilar.

  Doimiy ravishda oʻtkazib kelinayotgan mazkur “Uch avlod uchrashuv”lari talaba-yoshlarning kelajakka, ilmiy faoliyat hamda yurt ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshishga boʻlgan ishtiyoqini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.



SamDTU matbuot xizmati