Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTUda “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi

  4 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida uzoq yillar samarali faoliyat koʻrsatib kelgan professor-oʻqituvchilar ham faxriy ustozlarni dekanat xodimlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar bilan “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

  Uchrashuv jarayonida “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohiblari Yaxshinor Allayorov, Naim Sodiqov, Nasim Shodiyev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar zamirida xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini taʼminlash kabi ezgu maqsadlar mujassam ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Ularni shu bugunga qadar erishgan yutuqlari, hayot yoʻli, ustozlari tomonidan bergan bilim va koʻnikmalari soʻzlab berishlari talaba-yoshlarga katta taassurot qoldirdi.

  Bunday uchrashuvlar talaba-yoshlarni tafakkur qilishga, yurt istiqboli uchun masʼuliyatli boʻlishga, yaratib berilgan shart-sharoitdan unumli foydalanishda, bugungi oʻzgarishlarga shukronalar aytish va kelajak sari katta maqsadlar belgilab olishga xizmat qiladi.




SamDTU matbuot xizmati