Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

“Ibn Sino merosi va zamonaviy tibbiyot” mavzusida davra suhbati

  31-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Ibn Sino ilmiy merosi va zamonaviy tibbiyot” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida universitet professor-oʻqituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

  Davra suhbatida taklif etilgan Imon Al-Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Abdivoitov Sirojiddin va Jumayev Jonibek tomonidan Abu Ali Ibn Sino ilmiy merosini oʻrganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, markaz tomonidan chop qilingan kitoblar, risolalar hamda maqolalar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Shuningdek, buyuk olim va tabobat ilmining sulton Ibn Sino qoldirgan ilmiy merosining zamonaviy tibbiyot uchun ahamiyati xususida soʻz yuritildi.

  Davra suhbati fikr almashuvi va savol-javob tarzida qizgʻin oʻtkazilib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.




SamDTU matbuot xizmati