Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTU o'quv binolarida Bulutli Wi-Fi zonalari tashkil etiladi

  28-mart kuni oʼquv jarayonida yuqori texnologik yechimlarni qoʼllash va tashkil etish bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinlarda turuvchi "Ruijie Networks"  kompaniyasining (Xitoy Xalq Respublikasi) O'rta Osiyo bo'yicha direktori Jeremy Lin va Xalqaro aloqalar bo'yicha boshqaruvchisi Eric Bai boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. 

  Tashrif davomida oʻtkazilgan muzokaralarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev hamda Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshlig'i Lazizbek Shukurov va RTTM Tarmоqlarni bоshqarish bo'limi bоshlig'i Хazratхоn Haqqulov qatnashdilar. 

  Muzokaralar davomida hozirgi kunda ta'lim jarayonini sifatli tashkil qilishda ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'rni muhimligi alohida ta'kidlanib, universitetda professor-o'qituvchilar hamda talabalarga o'qish jarayonida qulaylik yaratish maqsadida "Bulutli Wi-Fi" zonalar tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi va ikki tomonlama kelishuvlar amalga oshirildi. 

  Uchrashuv soʻngida universitet rektori Jasur Rizayev mehmonlarga oliygoh ramzi aks etgan esdalik sovgʻalarni taqdim etdi.