Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​Urgut kasb-hunar maktabida davra suhbati oʻtkazildi

      Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan viloyatimizning Urgut tumani oʻrta va oʻrta-maxsus taʼlim muassasalariga muntazam ravishda uslubiy yordam koʻrsatib kelinmoqda.

      Urgut tumani kasb-hunar maktabida “Sogʻlom kelajak — yurt tayanchi, mustahkam oila, Vatan poydevori” mavzusida davra suhbati oʻtkazdi. Davra suhbatida kasb-hunar maktabi oʻqituvchilari, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

      Davra suhbati jarayonida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsent Gulnoza Samiyeva tomonidan “Sogʻlom turmush tarzi, kasalliklar profilaktikasi va etiologiyasi oʻsmirlar oʻrtasida sport va jismoniy mashqlarni mukammallashtirish” mavzusida, 4-son ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti Muhayyo Berdiqulova tomonidan “Aholi oʻrtasida allergik kasalliklar tarqalishi etiologiyasi davolash va profilaktikasi” mavzularda onlayn tarzda maʼruzalar oʻqildi. SamDTU talabasi — “Salomatlik targʻibotchisi”Asliddin Akbarov ishtirokchilarga vitaminlar yetishmasligi oqibatida organizmda kelib chiqadigan kasalliklar etiologiyasi, patogenezi, klinik simptomlari va davolash usullari haqida batafsil tushunchalar berdi. Tadbir ochiq muloqot va savol-javob hamda va muhokamalarga boy tarzda tashkil etildi.

      Tadbir soʻngida faol va iqtidorli 30 nafar yosh ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovgʻalari topshirildi.



    SamDTU matbuot xizmati