Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bagʻishlab sport musobaqalari oʻtkazildi

  2-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida kasaba uyushmasi, xotin qizlar kengashi va sport klubi tashabbusi bilan professor-oʻqituvchilar va xodimalar oʻrtasida “Sogʻlom turmush — buyuk kelajak!” shiori ostida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bagʻishlab sport musobaqalari oʻtkazildi.

  Musobaqalarda universitetning barcha fakultetlari va boʻlimlaridan 48 nafar ishtirokchilardan tashkil topgan 8 ta jamoa basketbol toʻpini fishkalar orasidan belgilangan masofaga harakatlantirgan xolda olib yurish, raketkada toʻpni harakatlantirgan xolda belgilangan masofaga olib borish va qaytish, futbol toʻpini fishkalar orasidan oyoqlar bilan olib yurish va jamoaviy arqon tortishish boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Musobaqalarda universitet sport klubi xodimlari hakamlik qilishdi.

  Musobaqalar natijalariga koʻra “1-oʻrin” — tibbiy pedagogika, xalq tabobati va OHI fakulteti, “2-oʻrin” — rektorat, “3-oʻrin” — 2-son davolash fakulteti jamoalariga nasib etdi. Gʻoliblar universitet kasaba uyushmasi raisi Yaxshinor Allayarov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Eldor Tangirov, xotin qizlar kengashi raisi G.I.Xudayberdievalar tomonidan esdalik sovgʻalari va medallar bilan taqdirlandilar.

  Musobaqalar juda qizgʻin va koʻtarinki ruhda oʻtib barchaga bahoriy kayfiyat baxsh etdi.


SamDTU matbuot xizmati