Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda xorijiy professorlarni mahorat darslari oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti taʼlim va ilmiy faoliyatni amaliyot bilan uzviy bogʻliqlikda hamda zamonaviy ilmiy pedagogik texnologiyalarni qoʻllagan holda olib borish maqsadida muntazam ravishda xorijiy tibbiyot muassasalari va mutaxassislar bilan hamkorlikni yuritib kelmoqda.

  28-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Turkiyaning Istanbul shahridagi Jaraxpasha universiteti sud tibbiyoti kafedrasi professori Murat Aksoy va Ichki kasalliklar kafedrasi professori Alptekin Ashar tashrif buyurdilar. Mehmonlarni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Shuxrat Ziyadullayev va 2-son davolash fakulteti dekani Obid Xamidov kutib oldilar.

  Universitetning katta majlislar zalida xorijiy mehmonlarni ishtirokida seminar tashkil etildi, unda yuqori bosqich va magistratura talabalari hamda klinik ordinatorlar ishtirok etdilar. Jaraxpasha universiteti professorlari oʻzlarining sud tibbiyoti va ichki kassaliklarning dolzarb muammolariga bagʻishlangan maʼruzalar va mahorat darslarni oʻtkazdilar.

  Mahorat darslari savob-javoblar va munozaralar bilan boy tarzda oʻtkazildi.



SamDTU matbuot xizmati