Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Universitet fakultetlarini “Dekan kubogi” sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi

  28-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Sport klubi, tibbiy pedagogika, xalq tabobati va OHI hamda tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetlari tashabbusi bilan talaba-yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida shaxmat, shashka sport turi boʻyicha “Dekan kubogi” sport musobaqasi tashkil qilindi.

  Musobaqalar talabalarning faol ishtirokida qizgʻin tus oldi. Tadbir soʻngida gʻoliblar aniqlanib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.


SamDTU matbuot xizmati