Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Paxtachi tumani jamoat salomatligi texnikumida mahorat darslari tashkil qilindi

  2023 yil 25 fevral kuni, Paxtachi tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomaga asosan Samarkand davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakulteti “Ftiziatriya va pulmonologiya” kafedrasi xodimlari texnikumga navbatdagi tashrifni amalga oshirishdi.

  Tashrif davomida SamDTU ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi tomonidan mazkur sohani rivojlantirish borasida rejelashtirilgan va amalga oshirilayotgan tadbirlar, ta’lim soxasidagi islohotlar, yoshlarni kasbga yo‘naltirishga oid suxbatlar o‘tkazildi.

  Shuningdek, tashrif doirasida ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi mudiri, PhD Kim A.A. tomonidan bitiruvchi bosqich talabalariga “Silning profilaktikasi” mavzusida ochiq ma’ruza hamda PhD X.I.Turdibekov tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi - farovon hayot asosi” mavzusida maxorat darsi o‘tkazildi. Ikkala mashg‘ulot darsi kizg‘in munozalarga boy tarzda o‘tdi.

  Mavzular bo‘yicha talabalar va texnikum o‘qituvchilarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.



SamDTU matbuot xizmati