Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU va Fransiyaning ISRP tashkiloti oʻrtasida hamkorlik oʻrnatildi

  Joriy yilning 21-fevral kuni Fransiya Respublikasining Psixomotor Reabilitatsiya Oliy Institutining (ISRP — Institut Supérieur de Rééducation Psychomotrice) bosh direktori Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy kasblar oliy kengashining aʼzosi prof. Gerald Xermant hamda ushbu tashkilotning bosh menejeri prof. Mark Soubiran SamDTUga tashrif buyurdi. Mehmonlarni kutib olish va muzokaralar jarayonida SamDTU rektori Jasur Rizayev, universitetning xalqaro aloqalar prorektori Zafar Aminov, davolash ishlari boʼyicha prorektori Nargiza Аbdullaevalar qatnashdi.

  Tashrif davomida ikkala oliy taʼlim muassasalarining faoliyati boʻyicha taqdimotlar oʻtkazilib, oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik masalalari boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Ilmiy hamda psixomotor reabilitatsiya xizmatlari sohalarida hamkorlik oʻrnatish hamda anglashuv memorandumini imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi.

  Shuningdek mehmonlar universitetining yangi binosidagi zamonaviy eng soʻngi rusumdagi tibbiyot jihozlar bilan taʼminlangan oʻquv laboratoriyalar, amaliyot xonalari, axborot resurs markazi va universitet tarixini aks ettiruvchi muzeyi bilan tanishib, oliygoh faoliyatini yuqori baholadilar.


SamDTU Matbuot xizmati