Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi harbiylar bilan nishonlandi

  14-fevral buyuk mumtoz shoir, musiqashunos va olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuni. Sana munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakulteti jamoasi fakultet dekani Gʻ.U. Lutfullayev tashabbusi bilan fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M.O. Zaripov, tyutorlar hamda talabalar Markaziy harbiy okrugi 13060-harbiy qismga tashrif buyurdilar.

  Uchrashuvda Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasi yod etildi, uning hayoti va ijodi xususida soʻz yuritilib, gʻazal va ruboiylaridan namunalar oʻqildi. Boburning mashaqqatli va mardonavor hayot yoʻli talabalarga namuna sifatida koʻrsatildi.

  Ishtirokchilar tadbir davomida yangi bilimlar va boy taassurotlarga ega boʻldilar.





SamDTU matbuot xizmati