Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​SamDTU talabalari oʻrtasida intelektual o'yinlar o'tkazildi

      Talaba yoshlarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 3-son TTJda talabalar oʻrtasida “Zukko kitobxon” hamda “Zakovat” intellektual oʻyinlari tashkil etildi.

      Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamkorligida oʻtkazilgan tadbirlar qizgʻin tarzda kechib, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni, zukkolik hamda ziyraklikni yuksaltirishga hissa qoʻshdi. Tadbirlar tanlov va musobaqa shaklida qizgʻin bahs va munozaralar bilan boʻlib oʻtdi hamda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan hamda faol ishtirok etgan talabalar diplom, sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.




    SamDTU matbuot xizmati