Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Urgut umumtaʼlim maktabida sogʻlom turmush tarzini zamonaviy masalalari boʻyicha davra suhbati oʻtkazdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi tomonidan muntazam ravishda Samarqand viloyatini uzoq joylashgan tumanlar umumta’lim maktablari bilan hamkorlik qilish, ularga uslubiy yordam ko‘rsatish muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

  Jumladan, viloyatimizning Urgut tumani 54-maktabida SamDTU talabasi, “Salomatlik targ'ibotchisi” Asliddin Akbarov tashabbusi “Sogʻlom kelajak - yurt tayanchi, mustahkam oila, vatan poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda maktab o‘qituvchilari, tuman kengashi deputati Anvar Muibov, psixologlar, mahalla faollari ishtirok etdilar.

  Uchrashuvni maktab direktori Feruz Boboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar ҳақида батафсил сўзлаб берди.

  Davra suhbati davomida SamDTU farmakologiya kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Soatboy Yoʻldashev “Virusli gepatitlar, klinikasi, etiologiyasi va patogenezi” va sud tibbiyoti kafedrasi dosenti Muxsina Rasulova “Yoshlar oʻrtasida psixofaol moddalardan foydalanishning oldini olish” mavzularida onlayn maʼruzalar o'qidilar.

  Davra suhbati qizgʻin muloqot tarzida boʻlib oʻtdi, o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Tadbir soʻngida 10 nafar maktab o'quvchilari sertifikat hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.


SamDTU matbuot xizmati